Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
08 yanvar
3248Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ikkinchi sessiyasida Nurullan Umirzakovich Erlepesov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xabar berdi.
Shu munosabat bilan, bugun, 8 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirgan.
Ma’lumot uchun, Nurullan Erlepesov 1971 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. U dastlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan, 2010 yilda esa Qoraqalpoq davlat universitetininng sirtqi bo‘limini tugatgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i va boshqa lavozimlarda faoliyat olib borgan Leyli Pulatovna Seytova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi