Qodirov urushda qatnashayotgan chechenistonliklar sonini ochiqladi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlanganidan beri Chechenistondan 26 mingdan ortiq odam jangovar hududga yuborilgan. Ularning 12 mingga yaqinini Gudermesdagi Maxsus kuchlar universitetida tahsil olgan ko‘ngillilar tashkil etgan. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegran’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, hozir urush zonasida chechenistonlik 7 mingdan ortiq jangchi bor. O‘tgan hafta u Prezident Vladimir Putinga har hafta universitetning o‘quv bazasidan 200 nafar o‘qitilgan va jihozlangan ko‘ngillilar qo‘shin chizig‘iga jo‘natilganini aytgan.

Shuningdek, u “Ahmad Qodirov” nomidagi jamg‘arma ko‘magida Checheniston harbiy amaliyot ehtiyojlari uchun 1000 dan ortiq maxsus texnika, yuzlab kvadrokopterlar, tungi ko‘rish moslamalari, teplovizorlar, dronlarni aniqlash va o‘chirish tizimlari, 50 mingdan ortiq zamonaviy jihozlar, 28600 aloqa vositalarini sovg‘a qilinganini aytgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Donbassning Rossiya nazorati ostiga o‘tgan hududlari aholisi Chechenistondan 22 ming tonnadan ortiq gumanitar yuk, jumladan tez yordam mashinalari, tibbiy asbob-uskunalar, oziq-ovqat, dori-darmon, qurilish materiallari qabul qilgan.

Bundan tashqari, Chechenistonda ikkita polk tuzilmoqda va unga 2400 kishi jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Ramzan Qodirov “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning Baxmutdan o‘z bo‘linmalarini olib chiqib ketish haqidagi so‘zlaridan so‘ng Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga murojaat qilib, Checheniston maxsus kuchlari shaharni egallashiga va’da bergandi. Biroq keyinchalik Prigojin so‘zidan qaytib, yollanma guruhi Baxmutni tark etmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing