Qiyin davr – Geytslar farzandi oilasi buzilayotganiga izoh berolmadi
Olam
−
05 may 2021
6429Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melindaning qizi Jennifer ota-onasining ajrashishini "butun oila uchun qiyin davr" deb atadi.
"Bu butun oilamiz uchun qiyin davr. Men o‘zimning his-tuyg‘ularimni tartibga solishga va oilamiz a’zolarini eng yaxshi tarzda qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapman", degan qiz.
Jennifer Geyts ajralish tafsilotlari haqida izoh bermasligini ta’kidlagan.
Shu bilan birga u obunachilariga "oilasining shaxsiy hayotiga hurmat" uchun minnatdorlik bildirgan.
Avvalroq, Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda ajrashish haqida e’lon qilgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Keyinchalik, Melinda ajrashgandan keyin turmush o‘rtog‘idan aliment olmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Bill Geyts va Melinda French 1994 yilda turmush qurgan. Ularning uchta farzandi bor.
LiveBarchasi