Bill Geyts sun’iy intellekt va robotlarga soliq joriy etishni taklif qildi
Olam
−
13:11 245 2 daqiqa
Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt va robotlar odamlar o‘rnini egallashi ortidan ushbu texnologiyalarga yangi turdagi soliq joriy etishni taklif qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Geyts o‘z блогида e’lon qilgan maqolada ish beruvchi xodim yollaganida uning daromadidan soliq to‘lashini, robot sotib olinganda esa bunday xarajatlar odatda ishlab chiqarish xarajati sifatida hisobdan chiqarilishini ta’kidladi. Uning fikricha, amaldagi soliq tizimi kompaniyalarni odamlar o‘rniga mashinalardan foydalanishga undamoqda.
“Men sun’iy intellektdan foydalanish hamda robotlarga soliq joriy etish kerak, deb hisoblayman”, deb yozdi Geyts.
Milliarderning ta’kidlashicha, bunday soliq sun’iy intellekt sababli inson mehnatidan voz kechish jarayonini biroz sekinlashtirishi, shuningdek, tushgan mablag‘larni xodimlarni qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga yo‘naltirish imkonini berishi mumkin.
Biroq Geyts soliqni barcha sohalarga birdek tatbiq etmaslik kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, u sog‘liqni saqlash va ta’limni arzonlashtirish kabi jamiyat uchun foydali bo‘lgan sun’iy intellekt qo‘llanilishlarini cheklamasligi lozim.
Sun’iy intellektning kelajagi va uning jamiyatga ta’siri haqida boshqa yirik texnologik kompaniyalar rahbarlari ham fikr bildirmoqda.
Meta rahbari Mark Sukerberg yaqinda sun’iy intellekt sanoatining kelajagiga bag‘ishlangan katta esse e’lon qilgan. Ilon Mask esa The Economist bosh muharriri Zanni Minton Beddousga bergan intervyusida sun’iy intellektning kelajagi haqida gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda korxonalarga SI joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi