Qirg‘izistonda O‘zbekiston mablag‘idan yana ikkita shifoxona qurildi
Olam
−
30 dekabr 2020
4266Kecha, 29 dekabr kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyatida 24 o‘rinli va Bishkekdagi Milliy gospital hududida esa 176 o‘rinli yengil konstruksiyali shifoxonalarning ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan mazkur loyihalar bir oyga yetmasdan qurib bitkazildi.
Tibbiyot muassasalarining ochilish marosimida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Olimqodir Beyshenaliyev va O‘zbekiston Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov ishtirok etdi.
“O‘zbekiston – pandemiya davrida Qirg‘izistonga yordam bergan birinchi davlatlardan bo‘ldi. Qo‘shni davlatdan kislorod konsentratorlari, respiratorlar va boshqa tibbiyot vositalari, 400 o‘rinli modul konstruksiyalar yuborildi”, degan Olimqodir Beyshenaliyev.
Avvalroq, O‘zbekiston ko‘magida Botken viloyati Qadamjoy tumanida 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida qo‘shni Qirg‘izistonga insonparvarlik yordamini yuborgandi.
LiveBarchasi