O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordamning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi

Jamiyat

image

Qo‘shni davlatda mobil shifoxona barpo etish uchun O‘zbekistondan Qirg‘izistonga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ko‘magida, ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarining ikkinchi partiyasi yetkazib berildi.

200 o‘ringa mo‘ljallangan 40 ta shifoxona konteynerlar ortilgan poyezd “Bishkek-1” temir yo‘l stansiyasiga yetib bordi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iz Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili va “Qirg‘iz temir joli” davlat korxonasi bosh direktori kutib oldi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. hamda “Qirg‘iz temir joli” davlat korxonasi bosh direktori o‘zaro hamkorlik va ikki davlat temir yo‘llarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan birodar qirg‘iz xalqini qo‘llab-quvvatlash aksiya tadbiri doirasida Qirg‘izistonga 3000 tonna bug‘doy va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning bitta partiyasidan iborat gumanitar yuk yuborilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, qo‘shni davlatga 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti Remdesivir va ming qutidagi Geparin, 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shprits va sistemalardan iborat yordam yuki ham jo‘natilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing