Qirg‘izistonda takroriy parlament saylovi muhokamasi boshlandi. Japarov va’da berdi

Olam

image
Sooronbay Jeenbekov endi nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi north_east

Sooronbay Jeenbekov endi nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov parlament saylovlarida barcha siyosiy kuchlar uchun birdek imkoniyat yaratib bermoqchi. Bu haqda u Japarovning xalqqa yo‘llagan murojaatida aytib o‘tilgan.

“Biz turli siyosiy kuchlarga parlamentga o‘tishi uchun teng imkoniyat yaratamiz. Ammo yoshlar, milliy va gender kvotalar albatta saqlab qolinadi”, deyiladi murojaatda.

Markaziy saylov komissiyasi qayta parlament saylovini 20 dekabrda o‘tkazish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblayapti. Chunki yil yakunigacha natijalarni e’lon qilish kerak bo‘ladi.

“MSK a’zolari saylovlarni 20 dekabrga begilashni maqsadga muvofiq deb hisoblayapti. Shunda saylov natijalarini sarhisob qilish va 2020 yilda e’lon qilish mumkin bo‘ladi”, deyilgan xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, MSK a’zolari takroriy saylov tayinlanishidan oldin barcha siyosiy kuchlar uchun teng imkoniyat yaratilishini qonun darajasida belgilash kerak. Saylovlar Jo‘qorg‘u Kenesh tegishli o‘zgartirishni tasdiqlaganidan keyin qayta saylov kunini e’lon qiladi. Qonunchilikka partiyalar uchun parlamentga o‘tish minimumini qisqartirish, garov pulini kamaytirish rejalashtirilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi. Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi. 

Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing