Qirg‘izistonda hokimiyatni qo‘lga kiritishda gumonlangan deputat “suvdan quruq chiqdi”

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari hokimiyatni egallab olishga uringanlikda gumon qilinayotgan deputat Bakitbek Jetigenovni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishdan bosh tortdi. Bu haqda TASSga oliy qonun chiqaruvchi organ matbuot xizmati xabar bergan.  

“Deputatlar Bosh prokuraturaga Jetigenovni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berishdan bosh tortdi”, degan matbuot xizmati vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga 88 nafar deputat ovoz bergan. 

Jetigenov shu yilning noyabr oyi oxirida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z safdoshlari bilan birgalikda 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Respublika poytaxtida tartibsizliklar uyushtirish va mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritish niyatida bo‘lgan. 

Bu ishda yana bir necha kishi gumon qilinmoqda, ular orasida Yashillar partiyasidan sobiq nomzodlar ham bor. 

Ta’kidlanishicha, deputatlik korpusining ushbu qarori munosabati bilan Jetigenov yaqin kunlarda hibsdan ozod etilishi kerak. Qirg‘izistonda parlamentariylar oliy qonun chiqaruvchi organ ruxsat berganidan keyingina javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Qirg‘izistonda Bishkekdagi Pervomayskiy tuman sudi hokimiyatni zo‘ravonlik bilan tortib olishga tayyorgarlik ko‘rgan gumonlanuvchilarni hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston deputat

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing