Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaradan o‘tishda pasport nazoratini soddalashtiradi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarani kesib o‘tishda pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Jogorku Keneshning Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi yig‘ilishida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Ortiqboyev ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, endilikda ikki davlat fuqarolari ID-kartasini ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishi mumkin.

“16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar chegarani kesib o‘tishda pasportini ko‘rsatadi. Tegishli bayonnoma O‘zbekiston Prezidentining 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanadi”, deydi vazir o‘rinbosari.

Jogorku Keneshning Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi O‘zbekiston bilan ushbu kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing