Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga tashrif bilan boradi. Bu haqda Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u keneshining xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi yig‘ilishida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Ortiqboyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif doirasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma hamda Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonunlarni imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur xalqaro shartnomalar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri V.Norov boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yil 3 noyabrda Bishkek shahriga tashrifi chog‘ida imzolangan. Bu haqdagi qonunlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 14 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 18 noyabrda ma’qullangan. Ularni ratifikatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston qonunlarini Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 29 noyabrda imzolagan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing