Qirg‘iziston prezidentligiga 18 kishi nomzod bo‘ldi

Olam

image
“Xanstitutsiya o‘tmaydi” – Qirg‘izistonda Konstitutsiyani o‘zgartirishga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi north_east

“Xanstitutsiya o‘tmaydi” – Qirg‘izistonda Konstitutsiyani o‘zgartirishga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligi uchun 18 nafar nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda MSK Matbuot xizmati xabar berdi.

“MSK Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti lavozimiga 18 nafar nomzodni ro‘yxatga oldi”, deyiladi xabarda.

Nomzodlar orasida "Butun Kirgizstan" partiyasi yetakchisi Adaxan Madumarov, mamlakat Prezidenti vazifasini bajargan Sadir Japarov, davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Abdil Segizbayev hamda parlament deputati Kanibek Imanaliyev bor.

Qirg‘izistondagi muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 2021 yil 10 yanvarga belgilangan.

Dastlab 63 kishi prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun MSKga ariza topshirgandi. Biroq faqat 20 nafar nomzod kerakli 30 ming ovozni yig‘ib, 10 ming som miqdoridagi to‘lovni to‘lagan. Yakunda MSK ikkita nomzodning ovozlarini soxta deb topib, qabul qilmagan.

Nomzodlarning tashviqotlari 15 dekabrdan boshlanadi.

Eslatib tamiz, 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazilgandi. Ammo odamlar uning natijasidan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirdi. Natijada mamlakatda tartibsizlik va talonchilik avj oldi.

Namoyishlar oqibatida mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov va Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi.

Taloto‘plar vaqtida qamoqdan chiqarilgan Sadir Japarov tez orada Bosh vazir etib tayinlandi va keyinroq Prezident vakolatlarini bajarish ham vaqtincha unga o‘tdi. Biroq u prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun barcha lavozimlarni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston saylov

Baholaganlar

275

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing