Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Bu qiziq

−

image

Qirğizistonning “Ala-Arça” milliy boğida dunyodagi eng uzun osma şişa köprikni quriş rejalaştirilmoqda. Rejaga köra, uning uzunligi 732 metrni taşkil etadi. Bu haqda milliy boğ ma’muriyati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qirğiziston Prezidenti Iş boşqarmasi loyiha eskizlarini taqdim etgan va loyihani amalga oşiriş bilan şuğullanadigan Yevropa kompaniyasi bilan uçraşuv ötkazgan. Idora ma’lumotlariga köra, şişa köprikning uzunligi 732 metrni taşkil qiladi.

Işlarni joriy oyda boşlaş rejalaştirilgan, loyihani yakunlaş va turistlar uçun oçiş esa 2027 yilning oxirida amalga oşişi közda tutilgan. Ob’ektni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritiş rejalaştirilmoqda. 

Köprik katta sayyohlik yönalişining bir qismiga aylanadi. Uning yonida Tepşi platosidan Teke-Too toği va mahalliy şarşaragaça bölgan ekologik söqmoq barpo etiladi. Bundan taşqari, “Ala-Arça”da allaqaçon osma dor yöli (kanat yöli) işga tuşirilgan, dam oliş uylari qurilgan va beş yulduzli mehmonxona qurilişi yakunlanmoqda.

Ma’lumot uçun, “Ala-Arça” – bu Qirğizistondagi sölim baland toğ tizmasi va Davlat tabiat parki bölib, Bişkekdan taxminan 30-40 km janubda, Qirğiziston tizmasining şimoliy yonbağrida joylaşgan. 1976 yilda taşkil etilgan uşbu park Qirğiziston tabiatining taşrif qoğozi hamda poytaxt yaqinidagi sayyohlar, alpinistlar va trekking işqibozlarini öziga tortuvçi asosiy markaz hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Dubayning “Dubai Gold District” savdo tumanida joriy yil oxirigaça 24 karatli oltindan tayyorlangan piyodalar yölagini oçiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing