“Xanstitutsiya o‘tmaydi” – Qirg‘izistonda Konstitutsiyani o‘zgartirishga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Kecha, 22 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga qarshi namoyish va marsh (yurish) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

100 dan ortiq odam Erkinlik va Tugolbay Ata ko‘chasi kesishmasidagi temir yo‘l vokzali oldida to‘plangan. 

Odamlarning yurishi o‘sha temir yo‘l vokzalidan boshlanib, Ala-Too maydonigacha davom etdi.

Namoyishchilar Ala-Too maydonidagi Manas haykaligacha borishdi. Ular qo‘llarida yorliqlar ko‘tarib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritmaslikni talab qildi. Ularning qo‘lidagi plakatlarda “Sadir Japarov ketsin, Konstitutsiya qolsin”, “Xanstitutsiya o‘tmaydi” degan yozuvlar yozilgandi.

Keyin Moderator Ulan Usoyun odamlardan tarqalishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hech qanday natija bo‘lmasa, ular yana namoyishga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq mamlakat prezidentlik boshqaruviga o‘tadi. Davlat boshqaruvida Prezidentga katta vakolatlar beriladi. Loyihada yana ko‘plab o‘zgarishlar nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 1991-2010 yilarda Qirg‘izistonda boshqaruvning prezidentlik shakli amal qilgan. Ammo ikkita xalq inqilobidan keyin 2010 yilda mamlakatda konstitutsion islohot o‘tkazilib, boshqaruvning parlament tizimi tanlangan.

4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazildi. Ammo odamlar uning natijasidan norozi bo‘lib, namoyish uyushtirdi, mamlakatda tartibsizlik va talonchilik avj oldi.

Namoyishlar oqibatida mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov va Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi.

Taloto‘plar vaqtida qamoqdan chiqarilgan Sadir Japarov tez orada Bosh vazir etib tayinlandi va keyinroq Prezident vakolatlarini bajarish ham vaqtincha unga o‘tdi. Biroq u prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun barcha lavozimlarni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

95

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing