Qirg‘iziston Prezidenti apparatining 8 xodimida koronavirus aniqlandi

Olam

image
Kreml “suvga borib sug‘orilmay kelgan” Jeenbekovga minnatdorlik bildirdi north_east

Kreml “suvga borib sug‘orilmay kelgan” Jeenbekovga minnatdorlik bildirdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov apparatining 8 nafar xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iziston Prezidenti delegatsiya vakillarida koronavirus aniqlangach, Qirg‘iziston Prezidenti apparatining barcha xodimlari koronavirusga test topshirdi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, apparatning 8 nafar xodimida koronavirus aniqlandi”, deyilgan xabarda.

Ushbu kasallikning xarakteridan kelib chiqib, biror xodimda alomatlar paydo bo‘lsa, barcha birvarakayiga test topshiradi. Natijalar o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov Moskvada o‘tgan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun borib, tadbirda qatnashmay, Bishkekka qaytdi. Bunga delegatsiyaning ikki a’zosida koronavirus aniqlangani sabab bo‘ldi. Hozirda Jeenbekov izolyatsiyaga olingan.

Qirg‘iziston Prezidentining shundan sshng, topshirgan koronavirus testi natijasi manfiy natija berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing