Kreml “suvga borib sug‘orilmay kelgan” Jeenbekovga minnatdorlik bildirdi

Olam

image

Rossiya Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovga delegatsiyasida koronavirus aniqlangach, G‘alaba paradida ishtirok etmaslikka rozi bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda RBK Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib xabar berdi.

“Biz bunday qaror uchun juda minnatdormiz”, dedi Peskov. U Jeenbekov paradda ishtirok etayotgan urush faxriylari va boshqa davlatlar rahbarlarining sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun shunday qaror qabul qilganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda ishtirok etish uchun Moskvaga borgan edi. Ammo uning delegatsiyasida ikki kishida koronavirus aniqlangach, u tadbirda ishtirok etmay, Bishkekka qaytib ketdi.

Jeenbekovning koronavirusga topshirgan tahlili natijasi manfiy chiqdi. Ammo uning o‘zi 14 kunlik izolyatsiyaga olingan. U ishini masofadan davom ettiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

Soroonbay Jeenbekov

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar