Qirg‘iziston G‘azo sektoriga 5,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi
Olam
−
15 yanvar
2767Qirg‘iziston Rossiya Federatsiyasi ko‘magida Falastinga 5,5 tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Mir 24” xabar berdi.
Bildirilishicha, kerakli tovarlar va oziq-ovqat Rossiya hududidan sotib olingan va shundan so‘ng yuk Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi samolyoti bilan yetkazilgan. Gumanitar yordamga oziq-ovqat, ichimlik suvi, choyshab va poyabzal kiradi.
Barcha yuklar G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natadigan Misr Qizil yarim oy jamiyatiga o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 24 noyabr kuni Qirg‘iziston ikki nafar fuqarosini respublikaning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi va Rossiya Federatsiyasining Qohiradagi diplomatik vakolatxonasining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida G‘azo sektoridan Misr orqali evakuatsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning buyrug‘i bilan G‘azoga 11 tonna oziq-ovqat jo‘natilgandi. Xitoy G‘azo sektoriga yaqin Sharqdagi mojaro kuchayganidan beri 4 million dollardan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatganini ma’lum qildi. Yevrokomissiya esa 2024 yilda falastinliklar uchun 125 million yevro (134 million dollar) miqdorida gumanitar yordam ajratishini ajratishini bildirdi. "The Weeknd" taxallusi bilan tanilgan kanadalik qo‘shiqchi Abel Tesfaye G‘azodagi gumanitar yordam harakatlariga o‘z hisobidan 2,5 million AQSH dollari o‘tkazdi. “Saroy javohiri” serialidagi Tangem obrazi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan koreyalik mashhur aktrisa Li Yong E Falastin-Isroil mojarosi oqibatida jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million von (38,54 ming dollar) xayriya qildi.
LiveBarchasi