Qirg‘iziston chegarasida yana qurolli mojaro yuz berdi

Jamiyat

image
Tojikiston chegaradagi muammoni hal qilishga yo‘l qo‘ymayapti – Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati north_east

Tojikiston chegaradagi muammoni hal qilishga yo‘l qo‘ymayapti – Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati

Bugun, 2 iyun kuni Qirg‘iziston Chegara xizmati qirg‘iz-tojik chegarasida o‘qotar qurol qo‘llangan yangi to‘qnashuv yuz berganini ma’lum qildi.

Qirg‘iz chegarachilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyati Eki-Tosh aholi punktida bugun, 2 iyun kuni kechasi, taxminan soat 1:20 da Tojikiston tomondan noma’lum shaxslar Osh-Isfana yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1982 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi B.B.ning avtomobiliga qarata ov qurolidan bir necha marta o‘q uzgan.

Erkak jarohatlangan. Hozir voqea joyida militsiya xodimlar ish olib boryapti. Ular tergov harakatlari olib boradi. Ular hodisa joyi va o‘qqa tutilgan avtomobilni ko‘zdan kechiryapti. Chegaradagi umumiy vaziyat barqaror.

Tojikiston tomoni hozircha vaziyatga izoh bermagan.

Qayd etish kerakki, bu so‘nggi oy davomida Qirg‘iz-tojik chegarasida yuz berayotgan to‘rtinchi qurolli mojaro.

Ikki davlat chegara xizmatlari bir-birini mojaro keltirib chiqarish va boshqa tomonga qarata o‘q uzishda ayblab keladi.

Tojikiston va Qirg‘izistonning umumiy chegarasi 970 kmga teng. Shundan 519 kilometri kelishilgan bo‘lib, qolgan qismi mojaroli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududidagi aholi o‘rtasida Chashma bulog‘ining suvidan foydalanish ustida mojaro kelib chiqdi. Ikki o‘rtadagi janjalda O‘zbekistondan 187 kishi yaralangan, Qirg‘izistondan 25 kishi jabrlangan. Bir nechta uyga o‘t qo‘yib yuborilgan.

Yuz bergan to‘qnashuv bo‘yicha O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov uchrashuv o‘tkazib, tergov harakatini birgalikda olib borishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

1436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing