Tojikiston chegaradagi muammoni hal qilishga yo‘l qo‘ymayapti – Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati
Olam
−
25 may 2020
9176Avvalroq, qirg‘iz-tojik chegarachilari o‘rtasida yana otishma bo‘lgani xaqida xabar berilgan edi. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati Tojikiston tomonidan qirg‘iz-tojik davlat chegarasida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlariga yo‘l qo‘ymayotganini ma’lum qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati bayonotida quyidagilar keltirib o‘tilgan:
“Tojikiston Respublikasi harbiy xizmatchilarining xatti-harakatlariga ko‘ra, Qirg‘iziston chegarachilari tomon birinchi bo‘lib o‘q otish natijasida kelib chiqqan sun’iy beqarorlashuv faqat tojik tomon uchun foydalidir. Tojik chegarachilari tomonidan yaqinda davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat doimiy ravishda keskinlashib borgishiga vaziyat yaratib berilgan.
2020 yil 23 maydan boshlab Tojikiston Respublikasining Vorux anklavi aholisi Qirg‘izistonda – Botken viloyatining Mo‘ynoq tumanida qoramol boqish uchun doimiy ravishda chegarani buzishgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatchilari ikki kun davomida Qirg‘iziston hududida noqonuniy ravishda harakat qilayotgan o‘z fuqarolarini kuzatdilar va Vorux anklavining aholisiga qarshi hech qanday chora ko‘rmadilar.
Natijada Tojikiston harbiy xizmatchilari qirg‘iz tomonining qonuniy talablariga qarshi ravishda qirg‘iz chegarachilariga qarata o‘q uzdilar.
Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati ushbu hodisa yuzasidan Tojikiston chegara qo‘shinlari milliy xavfsizlik qo‘mitasi OAV tomonidan chop etilgan sharhni qabul qildi.
Tojikiston tomoni bu kabi dag‘al gaplar qirg‘in-tojik davlat chegarasida nizolarni kuchaytirish uchun turli buzg‘unchi kuchlarni qo‘zg‘atayotganini tushunishi kerak.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati tojikistonlik hamkasblarini qo‘shma chegarada yuzaga keladigan muammoli masalalarni xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq muzokaralar stolida faqat yaxshi qo‘shnichilik ruhida hal qilishga chaqirmoqda“, deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi