Qirg‘iziston bilan o‘yindan keyin O‘zbekistonning JCHga chiqish imkoniyati oshdi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 7-turidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasining mundialga chiqish imkoniyati 88% ga yetdi. Bu haqda “Football meets data” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 7-turdan keyin Yaponiya va Eronning birinchi va ikkinchi o‘rin bilan chiqish imkoniyati 100%, Janubiy Koreyada 99% va O‘zbekistonniki esa 88% ga baholandi.

Ma’lumot o‘rnida, 3-saralash bosqichi “A” guruhi 8-tur o‘yinlari 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu turda Eron O‘zbekistonni qabul qiladi. Qirg‘iziston Qatarni mehmon qiladi va Shimoliy Koreya BAA bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Eron esa BAAni 2:0 hisobida yengdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi Osiyo mintaqasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing