Qirg‘iziston aholisi soni e’lon qilindi
Olam
−
25 noyabr
15667Qirg‘iziston milliy statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatda istiqomat qilayotgan aholi soni e’lon qilindi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.
“2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston aholi soni 7 million 254 ming kishini tashkil etadi”, deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, yil boshidan buyon aholi soni 91,7 ming kishiga yoki 1,3 foizga oshgan.
Aholini ro‘yxatga olish va fuqarolik holati dalolatnomalari departamentining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida 107,9 ming chaqaloq tug‘ilgan va 24,2 ming kishi vafot etgan. Aholining tabiiy o‘sishi esa 83,7 ming kishini tashkil etgan.
O‘sishning eng yuqori darajasi Botken, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Bishkek va Issiqko‘l viloyatlarida kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev mamlakat ayollariga ko‘proq farzand ko‘rishni tavsiya qilgandi. Tashiyevga ko‘ra, Qirg‘iziston ayollari oilada besh-o‘n nafar farzand ko‘rishga intilishi kerak. Chunki ko‘p bolali oilalar mamlakat kelajagi uchun asos hisoblanadi.
LiveBarchasi