Qidiruvdagi yana bir o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
3-sahifa
−
31 dekabr 2024
10198O‘zgalar mulkini talon-toroj qilib, sud-tergov organlaridan yashiringan va qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, B.J. ismli ushbu shaxs 1994 yilda tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, sud-tergov organlaridan yashiringan. Unga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Qorako‘l tumani Yangiturmush mahallasida ro‘yxatda turuvchi bu fuqaro bundan oldin ham sudlangan.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida o‘zbekistonlik Rossiyaning Moskva viloyatida ushlanib, uning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ushlangandi.
LiveBarchasi