“Qaytmas” Mask portlagan Starship`ni yana uchirmoqchi

Texnologiya

image

Ilon Maskning SpacyeX kompaniyasiga tegishli Starship kosmik kemasi ustida qayta sinov jarayonlari boshlandi. Bu haqda kompaniya egasi o‘zining X sahifasida post joylagan.

Starship insoniyat tarixidagi eng katta raketadir. Uning balandligi 120 metr, parvoz kuchi esa har qanday kosmik kemadan ikki baravar yuqori. Kelgusi 10 yil ichida ular Oy va uning ustidagi Marsga odamlarni yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi marta  SpaceX kosmik kemani 20 aprel kuni uchirgan va to‘rt daqiqadan so‘ng  havoda portlatib yuborishga majbur bo‘lgandi. Chunki Starship nazoratsiz aylana boshlagan va uni to‘xtatib bo‘lmagan. Raketa 38 kilometr balandlikda portlatilgan.

Starship`ning muvaffaqiyatsiz parvozi ortidan Tesla aksiyalari qiymati pasayib ketdi. Oqibatda dunyoning ikkinchi eng boy odami Ilon Mask bir kechada 12,6 milliard dollar yo‘qotdi. 

Oradan ikki kun o‘tib SpaceX aerokosmik kompaniyasi 1-2 oy ichida Starship kosmik kemasining yangi o‘ta og‘ir prototipi uchishga tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX Mask Starship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing