“Eski hammom...” Ilon Maskning “o‘yinchog‘i” yana portlab ketdi (video)

Olam

−

image

SpaceX kompaniyasining Starship kosmik kemasi ilk orbital parvozini amalga oshirib, uch soatga yaqin parvozdan so‘ng Gavayi orollarining shimolidagi Tinch okeaniga qo‘ndi. Bu haqda Spaceflight Now xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, kecha, 28 sentyabr kuni Texasdagi Starbase kosmodromidan uchirilgan Starship dastlab orbitaga chiqish vaqtida 6 ta Raptor dvigatelidan birining muddatidan oldin o‘chib qolishiga qaramay, parvozni davom ettirgan. Shundan so‘ng kema orbitaga chiqish uchun ikkinchi marta dvigatelini ishga tushirgan.

Parvoz davomida Starship burun qismidan 26 ta uchinchi avlod Starlink sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqargan. Bu SpaceX’ning yangi raketasi yordamida operatsion sun’iy yo‘ldoshlarni past Yer orbitasiga olib chiqishdagi ilk parvozi bo‘lgan.

 

Dastlab missiyani olti marta Yer atrofida aylanib, taxminan 10 soat davom ettirish va Chilidan tashqaridagi Tinch okeaniga qo‘nish rejalashtirilgan edi. Biroq sun’iy yo‘ldoshlar muvaffaqiyatli chiqarilgach, missiya muddatidan oldin yakunlanib, Starship Gavayi orollarining shimolidagi Tinch okeaniga yo‘naltirilgan.

Starship atmosferaga qaytib, Gavayi orollarining shimolidagi Tinch okeaniga boshqariladigan tarzda qo‘ngan. Qo‘nish vaqtida 3 ta Raptor dvigateli qayta ishga tushirilgan. Shundan so‘ng Starship yon tomoni bilan suvga tushgan va yonilg‘i qoldig‘i alangalanishi oqibatida portlagan. Spaceflight Now bu holat okeanga qo‘nishlarda odatiy hol ekanini qayd etgan.

Parvozning muvaffaqiyatli qismi sifatida Starship ilk bor orbitaga chiqib, 26 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasi 14-bor Starship kemasini uchirib, uning ilk bor orbitaga chiqqani va 26 ta Starlink V3 sun’iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqqani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing