Kelajakni başorat qiluvçi yangi SI işlab çiqildi
Texnologiya
−
2407 2 daqiqa
Ilon Maskning xAI kompaniyasida işlagan uç nafar mutaxassis kelajakdagi voqealarni sun’iy intellekt yordamida başorat qilişga ixtisoslaşgan yangi startapni işga tuşirdi. Epochal deb nomlangan kompaniya bu orqali turli sohalarda qaror qabul qilişni osonlaştiruvçi tizim yaratişni maqsad qilgan. Bu haqda “Bloomberg” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Epochal sun’iy intellektga internetning ötmişdagi arxiv nusxalariga kiriş imkonini beruvçi maxsus tizim işlab çiqqan. Kompaniya bu texnologiyani “vaqt portali” deb atamoqda. Uşbu tizim yordamida sun’iy intellekt eski ma’lumotlar asosida öqitilib, kelajakda sodir bölişi mumkin bölgan voqealarni başorat qilişga örgatiladi.
Kompaniya jamoasi turli sohalarda töğri qaror qabul qilişga yordam beradigan ilğor tizim yaratişni maqsad qilgan. Asosçilarning fikriça, kelajakni insondan ham aniqroq başorat qiliş imkoniyati deyarli barça sohalarni özgartirişi mumkin. Çunki har qanday qaror qabul qiliş jarayoni kelajakni taxmin qiliş bilan boğliq.
Yangi kompaniyaga Guodong Çjan, Çjan Dai va Manuel Kreuss asos solgan. Ular 2026 yil fevral oyida xAI kompaniyasi SpaceX bilan birlaşganidan söng Mask jamoasidan ketgan.
Hozirda startap jamoasiga xAI, OpenAI, Anthropic va Google kompaniyalarining sobiq xodimlari ham qöşilgan. Manbalarga köra, asosçilardan biri Guodong Çjan loyihaga öz mablağidan 100 mln dollar sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikalik milliarder Ilon Mask sun’iy intellektni rivojlantiriş uçun serverlar va hisoblaş markazlarini Yer atrofidagi orbitaga olib çiqişni taklif qilganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi