Ilon Mask Starship'ning portlab ketishi ortidan bir kechada 13 mlrd dollar yo‘qotdi

Olam

image

Kecha, 20 aprel kuni SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship raketasining muvaffaqiyatsiz parvozi ortidan Tesla aksiyalari qiymati pasayib ketdi. Oqibatda duyoning ikkinchi eng boy odami Ilon Mask bir kechada 12,6 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kecha Tesla aksiyalari narxi 9,75 foizga arzonlashib, 162,99 dollarga tushgan. Kecha AQSHning Texas shtati Boka-Chika shahridagi kosmodromdan tarixdagi eng katta raketa Starship uchirildi. Biroq parvoz boshlanganidan to‘rt daqiqa o‘tib, u Meksika ko‘rfazi ustida portlab ketdi

“Ilon Mask uchun bu 24 soat notinch o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Tesla'dagi ulush Maskka tegishli 163,9 milliard dollarlik boylikning asosiy qismini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 apreldan boshlab Ilon Maskga tegishli Twitter platformasida oyiga sakkiz dollarlik obuna pulini to‘lashni istamagan millionlab foydalanuvchilarning akkauntlaridan “verified” belgisi olib tashlana boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made