Qatardagi JCHda qoidabuzarlikni aniqlash uchun yangi texnologiyadan foydalaniladi

Sport

image

FIFA Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida o‘yindan tashqari holatni aniqlash uchun yangi texnologiyadan foydalanadi. Ushbu texnika FIFA tomonidan oxirgi uch yil ichida ishlab chiqarilgan. Uning yordamida VAR’ning ofsayd haqidagi qarorlari aniqroq bo‘ladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. 

Yarim avtomatik ofsayd texnologiyasi o‘yindan tashqari holatni avvalgidan ancha tezroq va to‘g‘riroq aniqlaydi. Vaziyatning 3D animatsion tasviri muxlislar uchun satdionda va televizorda namoyish qilinadi.

FIFA hakamlar rahbari Perluiji Kollina jurnalistlarga texnologiyaning qulayliklari haqida gapirib, yakuniy qaror baribir hakamlarga tegishli bo‘lishini ta’kidladi.

“Ushbu texnika bizga ofsayd haqida tez va aniq qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. Kengroq to‘xtaladaigan bo‘lsam, biz ofsayd haqidagi qarorni bir zumda aniqlamaymiz. Biroq tizim avvalgisiga nisbatan ancha tezroq bo‘ladi. Ta’kidlash joiz, yakuniy qaror baribir maydondagi hakam tomonidan chiqariladi”, deydi Kollina.

Qayd etilishicha, stadiondagi 12 ta kamera har bir o‘yinchining tanasidagi 29 ta nuqtani kuzatib boradi. O‘yin to‘pi ichiga o‘rnatilgan sensor qurilmasi VAR xonasiga har soniyada 500 marta uzatma amalga oshrilganini aniq hisoblash uchun ma’lumotlarni yuboradi.

Yangi texnologiya allaqachon Qatardagi Jahon chempionati o‘yinlarini qabul qiladigan sakkizta stadionda sinab ko‘rilgan.

Avvalroq, Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati tarixdagi eng qimmat mundialga aylangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati ertaga, 20 noyabr kuni mezbon Qatar va Ekvador jamoalari o‘tasidagi uchrashuv bilan start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar-2022

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing