Jahon chempionati oldidan Qatarda jiddiy muammo borligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Qatarning “Hamad” xalqaro aeroporti yo‘lovchilarning katta oqimiga tayyor emas, bu esa tashrif buyuruvchilarni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozmoqda.

Ayrim aeroport xodimlari reyslar sonini ikki baravarga oshirish natijasida (kuniga 700 dan 1600 tagacha) o‘z vazifalarini bajara olmasliklaridan xavotirda, chunki ular allaqachon katta bosim ostida ishlamoqda. Rasmiylardan biri vaziyatni “inqiroz” deb baholagan.

Ishchi izlab, zaruriy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odamlar ham aeroportga ishga olinmoqda. Misol uchun, yangi ish boshlovchilar 20-30 soat davomida o‘qitilmoqda. Tajribali xodimlarning fikriga ko‘ra, aeroport tartibi va ekspluatatsiya masalalari bilan tanishish uchun bu vaqt yetarli emas.

Jahon chempionati yaqinlashayotgan davrda aeroport xodimlari qo‘rqittilayotgani va ularning ish joyini o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yilmayotygani to‘g‘risida iddaolar mavjud.

“Daily Mail” gazetasi Qatar fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (QCAA) xodimlariga yo‘llagan xabaridan iqtibos keltirgan. Unda aytilishicha, Jahon chempionati Qatar uchun nihoyatda muhim va u yuqori darajada o‘tkazilishi kerak.

Qayd etilishicha, aeroport ishchilari yuqori mansabdor shaxslar tomonidan qattiq nazorat qilinadi.

Alohida ta’kidlanishicha, ishchilarning hodisalarni buzishi yoki ish jarayonini sekinlashtirishga qaratilgan nomaqbul harakatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va ular davlat tomonidan qattiq bostiriladi. Bunday ishlardan xabardor bo‘lib, lekin xabar bermaganlar javobgarlikka tortiladi va so‘roq qilinadi.

Bundan tashqari, aeroport xodimlari uchun avgustdan dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan barcha ta’tillar bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar-2022

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing