FIFA Jahon chempionati sababli klublarga qancha pul to‘lashi ochiqlandi

Sport

image

FIFA 2022 yilgi Jahon chempionatida futbolchilarning ishtiroki uchun klublarga 200 million dollardan ortiq pul to‘laydi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.

Turnirga o‘z futbolchilarini yuborgan barcha jamoalar bir futbolchining Jahon chempionatida o‘tkazgan har bir kuni uchun taxminan 10 000 dollar atrofida mablag‘ oladi.

FIFA umumiy hisobda klublar uchun 209 million dollar sarflaydi. Eng ko‘p daromadni ingliz klublari oladi. Ya’ni, Angliyaning 38 ta jamoasiga jami 37,41 million dollar to‘lanadi.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” taxminan 5 million dollar oladi. Bu klublar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ma’lumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar-2022

Baholaganlar

370

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing