Qatardagi mundialda g‘olib chiqish uchun da’vogarlar e’lon qilindi

Sport

image

Ertaga, 9 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bahslariga start beriladi. Ushbu bosqich oldidan Braziliya hamon mundialni yutish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri yozdi.

Ikkinchi raqamli nomzod sifatida Fransiya terma jamoasi qayd etilgan. Fransuzlar Kilian Mbappe boshchiligida nimchorak finalda Polsha to‘sig‘idan muammosiz o‘tdi. Dide Desham shogirdlarini chorak finalda Angliya kutib turibdi. 

Portugaliya nimchorak finalda Shveysariyani 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu super g‘alabadan keyin portugallar Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun 3-raqamli da’vogarga aylandi. Mundial avvalida Portugaliyani ko‘pchilik favoritlar safiga qo‘shmagandi.

“The Guardian” talqiniga ko‘ra, Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing:

1. Braziliya;

2. Fransiya;

3. Portugaliya;

4. Angliya;

5. Argentina;

6. Niderlandiya;

7. Marokash;

8. Xorvatiya.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi 5 marta mundialda zafar quchgan. Qolgan 7 ta chorak finalchi hisobida 5 kubok mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar-2022

Baholaganlar

716

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing