Qatarda o‘limga hukm qilingan Hindiston fuqarolari ozod etildi

Olam

image

Qatarda josuslikda ayblanib, hibsga olingan va o‘limga hukm qilingan sakkiz nafar hindistonlik ozod etildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

2022 yil avgust oyida bir guruh Hindiston fuqarolari Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, Qatarda hibsga olingan edi. 2023 yil oktyabr oyida Qatar sudi sakkiz fuqaroni o‘limga hukm qildi. Hindiston barcha hibsdagilarning oilalari bilan aloqada ekani va Qatar hukumati bilan hukmni muhokama qilayotganini bildirgan. Dekabr oyida vazirlik jazolar yengillashtirilgani va tez orada hukm o‘zgarishi mumkinligini aytgan.

“Hindiston hukumati Qatarda hibsga olingan Dahra Global kompaniyasida ishlaydigan sakkiz nafar hindistonlik fuqaroning ozod etilishini olqishlaydi. Ularning sakkiz nafaridan yetti nafari Hindistonga qaytib keldi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni bergan bayonotida. 

Hindiston Qatar davlati Amirining ushbu fuqarolarni ozod qilish va uylariga qaytishlariga imkon berish haqidagi qarorini qadrlashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston Qatarda o‘lim jazosiga hukm qilingan sakkiz nafar fuqarosini ozod qilishga  intilayotgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qatar josuslik o'limga hukm hindistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing