Xviça Kvaratsxeliya operatsiya qilindi

Sport

−

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi gruziyalik yarim himoyaçisi Xviça Kvaratsxeliya tizzasidagi oldingi xoçsimon boylam uzilişi sababli operatsiya qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolçi Qatar poytaxti Doha şahridagi Aspetar şifoxonasida öng tizzasidan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli ötkazdi. Endi u tiklaniş jarayonini boşlaydi. Reabilitatsiya qança davom etişi hozirça ma’lum qilinmagan.

Kvaratsxeliya Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining uçinçi turida “Barselona”ga qarşi keçgan va PSJning 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan uçraşuvda jarohat olgan edi.

25 yoşli futbolçi 2025 yil qişida “Pari Sen-Jermen” safiga qöşilgan. U Parij klubi bilan Çempionlar ligasi, Fransiya çempionati, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokda ğolib çiqqan.

Kvaratsxeliya faoliyati davomida Rossiyaning “Lokomotiv”, “Rubin” va Italiyaning “Napoli”, jamoalari safida töp surgan. “Napoli” safida u Italiya çempionligini qölga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing