“Katta işkal”: Nvidia rahbari xotiniga xiyonat qilganini tan oldi
Olam
−
14:08 1412 6 daqiqa
Amerikaning eng yirik çip işlab çiqaruvçisi bölgan Nvidia kompaniyasi rahbari Jensen Xuang Xitoy maxsus xizmatlariga işlagani aytilayotgan ayol bilan işqiy munosabatda bölgan. Uşbu xabarlar yuzasidan mustaqil tekşiruv ötkaziladi. Xuangning özi esa xotiniga xiyonat qilganini tan oldi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Nvidia kompaniyasining ma’lum qilişiça, direktorlar kengaşida biror-bir maxfiy ma’lumotlar sizib çiqqanligi yoki AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelganligiga şubha qiliş uçun asos yöq. Kompaniya Xuang kelgusida ham uning rahbari sifatida işlaşni rejalaştirayotganini qöşimça qilgan.
Nvidia bayonotida aytilişiça, kompaniya “asosçimiz va direktorlar kengaşi rahbari Jensen Xuang xorijiy razvedka operatsiyasi nişoniga aylangani haqidagi sönggi xabarlar fonida” mustaqil tekşiruv boşlaşga qaror qilgan.
“Direktorlar kengaşi AQŞning milliy va iqtisodiy xavfsizligini birinçi öringa qöyadi. U Nvidia va uning aksiyadorlari manfaatlari uçun öta muhimdir. Kengaşda milliy xavfsizlik yoki Nvidia’ning maxfiy ma’lumotlari xavf ostida qolgan deb hisoblaş uçun asoslar bölmasa-da, mavjud barça ma’lumotlar kengaş tomonidan tayinlangan tekşiruv tomonidan örganib çiqiladi”, deyiladi xabarda.
Işqiy munosabat
Xuangning xitoylik ayğoqçi bilan bölgan munosabati haqida “New York Times” gazetasi xabar berdi. Naşr ma’lumotlariga köra, Nvidia direktori Elis Xuang ismli ayol bilan işqiy munosabatga kirişgan (u Amerika kompaniyasi rahbari bilan familiyadoş bölib, qarindoşi emas).
Elis Xuang Singapurda joylaşgan, data-markazlarni boşqaradigan va Nvidia’dan çiplar sotib oladigan Megaspeed kompaniyasi bilan boğliq. “New York Times” tayangan manbalar ma’lumotiga köra, AQŞ maxsus xizmatlari Elis Xuangni (u şuningdek Xuang Le nomi bilan ham tanilgan) kuzatib borgan va uning Xitoy hukumati topşiriği bilan harakat qilganini aniqlagan.
AQŞ razvedka hamjamiyatining fikriça, Elis Xuang Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi tomonidan yollangan.
Şuningdek, “Financial Times”ning ham yozişiça, AQŞ maxsus xizmatlari ma’ruza tayyorlagan va unga köra, Jensen Xuang Elis Xuang bilan işqiy munosabatda bölgan. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Nvidia rahbari Elis Xuang bilan birga tasvirlangan fotosuratlar ham paydo bölgan.
“New York Times” ma’lumotlariga köra, AQŞ maxsus xizmatlari bir yildan köproq vaqt oldin Elis Xuangni kuzatişni boşlagan va u Jensen Xuang bilan xabar almaşayotganini aniqlagan. AQŞ razvedka xodimlari bu muloqot işqiy xususiyatga ega deb hisoblagan.
“Bir yilça oldin Elis Xuangning kuzatilişi haqida AQŞ Prezidenti Donald Trampga axborot berilgan”, deb yozadi NYT.
Keça, 8 noyabr kuni kuni jurnalistlar Trampdan uşbu ma’lumotga javoban biror-bir çora körişim kerak edi deb hisoblaysizmi, deb söragan.
“Yöq, unday deb öylamayman. Men uni munosib yigit deb hisoblayman”, deb javob bergan AQŞ Prezidenti.
FT talqiniga köra, Amerika kompaniyasi rahbarining taxminiy xitoylik ayğoqçi bilan aloqasi töğrisidagi ma’ruza Trampning Pekinga taşrifi va şu yilning sentyabr oyida XXR rahbari Si Szinpin bilan uçraşuvi oldidan AQŞning yuqori lavozimli mulozimlari orasida tarqatilgan.
Elis Xuang Pekinga aynan qanday ma’lumotlarni uzatişi mumkin bölgani, bu ma’lumotlar qançalik qimmatli ekani va u axborot yiğişni aynan qaçon boşlagani noaniqligiça qolmoqda.
Xitoy tomoni esa Nvidia rahbariga qarşi ayğoqçilik ayblovlarini “asossiz spekulyatsiyalar” deb atab, rad etgan.
Jensen Xuangning özi nima dedi?
Jensen Xuang “Bloomberg”ga bergan intervyusida Megaspeed firmasi vakiliga nisbatan AQŞ tomonidan ötkazilayotgan tekşiruv ma’lumotlariga izoh bergan.
“Bizning munosabatlarimiz, muloqotlarimiz Megaspeed kompaniyasiga tegişli edi va ular mutlaqo normal bölib, ularda heç qanday favqulodda narsa yöq edi”, deydi u.
Biroq joriy dam oliş kunlari Nvidia rahbari xotiniga xiyonat qilganini tan olgan va buning uçun “barça mas’uliyatni öz zimmasiga olişini” aytgan. Uning bu bayonoti kompaniya saytida e’lon qilindi.
“Men xotinimga xiyonat qildim. Mening harakatlarim unga va farzandlarimizga ozor berdi. Mening harakatlarimga heç qanday oqlov yöq. Men eng çuqur uzrlarimni keltiraman”, deb yozadi Jensen Xuang.
U sözida davom etadi: “Nvidia direktorlar kengaşi OAV xabarlarida aytilgan milliy xavfsizlik böyiça xavotirlar yuzasidan mustaqil tekşiruv boşladi. Men uşbu tekşiruvni qöllab-quvvatlayman va u bilan töliq hamkorlik qilaman.
Men mamlakatimizni va kompaniyamizni yaxşi köraman. Men Nvidia’ni himoya qiliş va Amerika milliy xavfsizligini qöllab-quvvatlaş niyatidaman. Men amerikalik ekanimdan juda faxrlanaman va buning uçun minnatdorman”, deydi u.
Nvidia’ning ahamiyati va Jensen Xuangning roli qanday?
Nvidia – dunyodagi eng yirik va qimmat kompaniyalardan biri. Mikroprotsessorlar işlab çiqaruvçisi sifatida u kuçli kompyuter çiplariga boğliq bölgan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirişda markaziy rol öynaydi. Hozirda Nvidia’ning bozor qiymati 4,5 trillion dollarga baholanmoqda.
Jensen Xuang Nvidia’ga 30 yildan ortiq vaqtdan beri rahbarlik qilib kelmoqda. U uşbu kompaniyani bankrotlikdan bir neça bor qutqarib qolgan va aynan u sönggi yillardagi dunyo SI-bumidan ança oldin sun’iy intellektga pul tikkan.
Dastlab Nvidia mikroprotsessorlari asosan kompyuter öyinlari uçun möljallangan, ammo Xuang ularni aynan SI rivojlaniş istiqbollarini hisobga olgan holda işlab çiqişga qaror qilgan. Sönggi yillarda uşbu qadam kompaniya kapitalizatsiyasining keskin ösişiga olib keldi.
“Joriy mojaro mehnatkaş, perfeksionist va öz xodimlaridan hamişa eng yuqori standartlarni talab qiladigan şaxs sifatida köriladigan Jensen Xuang uçun jiddiy zarba böldi”, deb yozadi BBC.
Nimaga Xitoy uçun Nvidia muhim?
Ötgan haftada AQŞ Kongressining uç nafar a’zosi Xuangga uning Elis Xuang bilan aloqasi haqidagi xabarlar munosabati bilan körsatma berişni sörab xat yozgan. Ular Nvidia rahbariga “duşmanlik qiluvçi xorijiy ayğoqçilikning oldini olişga möljallangan xavfsizlik bayonnomalari” haqida gapirib berişni taklif qilgan.
Sun’iy intellekt sohasida AQŞ bilan raqobatlaşişga urinayotgan Xitoy Nvidia tomonidan işlab çiqarilgan mikroprotsessorlarni sotib olişdan manfaatdor. Biroq Vaşington bunday mahsulotlar eksportiga çeklovlar kiritgan, bu esa Xitoy bilan munosabatlarda keskinlikni keltirib çiqargan.
Xususan, AQŞ rasmiylari Nvidia’ning eng ilğor H200 protsessorlaridan birini Xitoyga yetkazib berişni taqiqlagan. Bunga uşbu çiplar Xitoy kompaniyalariga sun’iy intellekt sohasida Amerika kompaniyalarini ortda qoldirişga yordam berişi mumkinligidan xavotirlar sabab bölgan.
Biroq joriy yilning yanvar oyida Tramp administratsiyasi H200 çiplarini muayyan şartlar asosida Xitoyga yetkazib berişga ruxsat berdi.
Live
Barchasi