Qashqadaryoda o‘lasi qilib do‘pposlangan bloger qamaldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi bloger Elmurod Odilovga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Odilov Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining 2023 yil 27 maydagi qaroriga bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 198-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’umot uchun, Elmurod Odilov 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U oldin ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda bloger Elmurod Odilov pilla punktida IIB xodimlari tomonidan o‘lasi qilib kaltaklangani, shundan so‘ng izsiz yo‘qolgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berib, Odilov pilla topshirish maskaniga borgani, u yerda fermerlarning ishiga aralashib, ularga turli nomunosib savol-javoblar qilishi oqibatida janjal kelib chiqqani va u fermerlarni haqorat qilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo bloger Elmurod Odilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing