Qashqadaryodagi YTHda 4 kishi qurbon bo‘ldi
3-sahifa
−
22 mart 2022
8925Joriy yilning 19 mart kuni Qashqadaryoning Qarshi tumanida Lacetti va Nexia-3 avtomobillari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 08:00 larda Mirishkor tumani, Jenov qishlog‘ida yashovchi N.D. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti bilan “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson 4R90” yo‘nalishida harakatlanib kelib, Qarshi tumani Shirkent qishlog‘i yo‘lining 20 km.da, shu yo‘nalishida fuqaro R.Z. boshqarib ketayotgan Nexia-3 ni quvib o‘tmoqchi bo‘lib, mazkur avtomashinaning chap tomoniga to‘qnashib ketgan. So‘ng yo‘lning o‘ng chet pasti qismidagi daraxtlarga borib urilgan.
Oqibatda Lacetti avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.Fa., R.S., R.Fe. va E.R. tan jarohati olib, vafot etgan. Nexia-3 da bo‘lgan yo‘lovchi J.M va Lacetti haydovchisi D.N. tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Vafot etgan uch kishi aka-uka bo‘lgani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodikesning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tumanida Kia K5 va Nexia-2 avtomobillari to‘qnashuvida sakkiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi