Qashqadaryoda ikki IIB boshlig‘i va bir prokurorga ham “javob” berildi
Jamiyat
−
26 Oktyabr 2019 13090 1 daqiqa
Bugun, 26 oktyabr Qashqadaryo viloyatida rahbarlarning o‘zgarishi bilan yodda qoladigan bo‘ldi.
Zafar Ro‘ziyev boshliq Qashqadaryo viloyatining “to‘rtligi”, viloyat hokimining ikki o‘rinbosari, Qarshi shahri, Kitob, Mirishkor, Chiroqchi tumanlari hokimi bo‘shatildi. Kasbi hokimi Qarshiga o‘tkazildi. Ammo viloyatdagi rahbarlarning lavozimdan olinishi shu bilan tugamadi.
Joylarda huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, sektorlar faoliyatidagi mas’uliyatsizligi uchun Mirishkor va Dehqonobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari ham vazifasidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Shuningdek, Nishon tumani prokurori Abdurayxon O‘roqovich Muhammadiyev ham ishdagi kamchiliklari sabab vazifasidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Zafar Ro‘ziyev o‘rniga Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlandi. Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Umirovich Bo‘tayev Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr