Qaşqadaryoda 5,5 ming xonadon uçun issiqlik tölovi qayta hisoblandi
Jamiyat
−
20:29 445 1 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatida issiqlik yetkazib berilmagan kunlar uçun hisoblangan qariyb 2,3 mlrd söm iste’molçilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, viloyatdagi “Issiqlik ta’minoti” MÇJ Qarşi şahri hamda Nişon, Koson va Yakkaboğ tumanlaridagi 384 ta köp qavatli uyning 14 448 ta xonadoniga issiqlik energiyasi yetkazib bergan.
Raqobat qömitasi tomonidan ötkazilgan örganişlarda rejali ta’mirlaş, avariyalar, gaz bosimining pasayişi, sovuq suv va elektr energiyasi ta’minotidagi uzilişlar sabab ayrim qozonxonalar işlamagan kunlarda xonadonlarga issiqlik yetkazib berilmagani aniqlangan. Şunga qaramay, iste’molçilarga uşbu kunlar uçun ham tölov hisoblangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş maqsadida mavsum yakuni böyiça qayta hisob-kitob qiliş masalasi körib çiqilgan. Natijada 5 500 ta xonadonda yaşovçi iste’molçilar foydasiga qariyb 2,3 mlrd söm qayta hisoblangan.
Live
Barchasi