Heç kim dardi bilan yolğiz qolmasligi kerak – Saida Mirziyoyeva
Jamiyat
−
20:02 512 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyatidagi narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişib, Özbekistonda sohani tubdan yangilaşga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqilişini ma’lum qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati bilan tanişdik. U yerga sohadagi ahvolni boriça köriş, özgarişlarni eng murakkab joydan boşlaş uçun bordik.
Munosib şaroit va malakali yordam bilan birga samimiy e’tibor ham bemorga kuç beradi. Ba’zan bir oğiz dalda kişida işonç va umid uyğotadi. Heç kim yordam söraşdan çöçimasligi, dardi bilan yolğiz qolmasligi kerak”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirişiça, kasallikning oldini oliş, davolaş va reabilitatsiyani qamrab olgan, turli soha mutaxassislari bir jamoa bölib işlaydigan tizim yaratiş maqsad qilingan.

Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda sohani tubdan yangilaşga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqiladi. Bunda inson, uning qadri va soğlom hayotga qaytişiga kömaklaşiş e’tibor markazida turadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Qarşidagi 43-maktab va 1-boğça şaroiti bilan tanişgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi