Qashqadaryoda FVB boshlig‘i 3,5 ming dollar pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
15 avgust 8763 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 2 nafar fuqaroning joriy yil iyul oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari bo‘limlarini kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismlariga haydovchi vazifasiga ishga qabul qilinganidan foydalanib, ularning ishga kirishiga ko‘maklashganini ro‘kach qilib, 6 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB ma’muriy binosida so‘ralgan pul mablag‘idan 3,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-(Firibgarlik) va 211-(Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 14,3 mln so‘m va 450 dollar pora olgan Majburiy ijro byurosi ijrochisi 6 yilga qamalgandi.
Live
Barchasi