Bekobodda pora olgan MIB ijrochisi 6 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 14,3 mln so‘m va 450 dollar pora olgan Majburiy ijro byurosi ijrochisi 6 yilga qamaldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbir natijasida 1989 yilda tug‘ilgan MIB Bekobod shahar davlat ijrochisi o‘z mansab vakolatlaridan foydalangan holda Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berish evaziga undan 20 million so‘m talab qilgan. Shundan 13 million so‘mini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga muqaddam 450 AQSH dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.

Bildirilishicha, aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining hukmiga binoan MIB davlat ijrochisi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi va 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 2 yil muddatga xuquqni muhofaza qiluvchi organlarda, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash xuquqidan mahrum qilinib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda  1200 dollar pora olayotganida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Bekobod MIB ijrochisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing