Qashqadaryoda erkak ayolning sochidan sudrab, kanalga itarib yubordi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida noma’lum erkak ayolni sochlaridan tortib, kanalga itarib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 23 iyul kuni Qarshi tumani “Jumabozor” mahallasida sodir bo‘lgan. Jabrlangan ayolning so‘zlariga ko‘ra, u dugonasi bilan tunda ziyofatdan qaytayotgan bo‘lgan. Ular mashina to‘xtatganida to‘xtamagan va unga tanish bo‘lgan yigit kelib ayolni sudragan. 

Ayolning ma’lum qilishicha, uning yonida 2 mln so‘mlik taqinchoq va 1 500 000 so‘mlik telefoni bo‘lgan. Erkak uni majburlab, zo‘rlamoqchi bo‘lgani sabab ko‘ylaklarini yirtib tashlagan.

Bundan tashqari, ayol unga tashlangan erkak spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganini va chekkanini aytgan. O‘zi esa ichmaganini, qo‘lidagi aroqni uyiga borib ichmoqchi bo‘lgani bilan izohlagan.

Voqea sodir bo‘lgan “Jumabozor” mahallasi raisi holat nazoratga olinganini hamda tungi bazmlar ayol kishiga to‘g‘ri kelmasligini bildirib o‘tgan.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ayolga jarohat yetkazgan erkak hozirda qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir guruh ayollar va mahalla fuqarolari janjallashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing