Qaşqadaryoda bolalar sel suvini keçib maktabga boryapti
Jamiyat
−
11:38 1365 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida bolalarning sel suvini keçib makatbga ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Uşbu holat böyiça viloyat hokimligi matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Uning ma’lum qilişiça, mazkur vaziyatdan mas’ul taşkilotlar xabardor. Aniqlanişiça, uşbu hudud mavsumiy sel suvlari oqib ötadigan tabiiy özan hisoblanadi. Şu bilan birga, bolalarning ta’lim muassasasiga boriş-kelişida bunday xavfli vaziyatlarga duç kelişiga yöl qöyib bölmaydi.
Ayni paytda mas’ullar tomonidan hududdagi vaziyatni örganiş, bolalar xavfsizligini ta’minlaş böyiça zarur çoralarni belgilaş hamda muammoning doimiy yeçimini topiş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida sel oqimi Damas avtomobilini oqizib ketgandi. Oqibatda avtomobil içidagi yölovçi halok bölgan edi.
Live
Barchasi