Qashqadaryoda 2-sinf o‘quvchisi yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi (video)

3-sahifa

image

QALAMPIR.UZ tahririyatiga Qashqadaryoda maktab o‘quvchisini yuk mashinasi urib ketgani aks etgan video kelib tushdi. Holatni o‘rganish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga bog‘landik.

Qashqadaryo IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ushbu holat yuz berganini tasdiqladi.

Voqea joriy yilning 15 may kuni viloyatning Ko‘kdala tumanida yuz bergan. 2-sinf o‘quvchilari maktabga borayotganida ularning birini yuk mashinasi urib ketgan. Oqibatda o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan 15 may kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing