Qarshida mast holatda piyodani urib yuborgan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida mast holda 3 kishini urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi. Bu haqda “Zamon” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida mast holatda bo‘lgan Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan er-xotin va ularning bolasini urib yuborgan. YTH oqibatida erkak vafot etgan.  

“Seni bir yil ko‘rolmayman. Mazza qilib aylanib kelaylik. Uy olamiz, boshqa narsa olamiz deb xursand bo‘lib ketayotgandik. Birinchi “peshexod”dan o‘tdik, ikkinchisida esa avariya bo‘ldik. Tarsillagan, chirsillagan ovozni eshitdim, avariya ko‘z oldimda bo‘ldi, lekin hech nimani eslolmayman. Faqat erimning yotganini ko‘rdim, o‘g‘limning qayerga uchib ketganini ko‘rganim yo‘q. Haydovchi mashinasidan chiqib kelganida uni urdim, keyin o‘g‘limni qo‘limga keltirib berishdi”, deydi marhumning ayoli sud majlisida.

Shu bilan birga, sud jarayonida haydovchi kuchli mast holatda bo‘lganidan nima uchun Qarshiga borganini eslolmasligini bildirgan. U, shuningdek, aybiga iqrorligi va suddan o‘ziga yengillik berishni so‘ragan. Ayol esa da’vosi yo‘qligi, haydovchiga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni iltimos qilgan.

O‘zbekistonda bir yilda 2 mingdan ortiq odam YTH oqibatida halok bo‘lgan (video) north_east

O‘zbekistonda bir yilda 2 mingdan ortiq odam YTH oqibatida halok bo‘lgan (video)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi haydovchiga nisbatan 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Gentra yo‘l chetida turgan 2 piyodani urib yuborgandi. Hodisa oqibatida piyodalar jarohat olib, zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qarshi mast haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing