O‘zbekistonda bir yilda 2 mingdan ortiq odam YTH oqibatida halok bo‘lgan (video)
Jamiyat
−
24 yanvar
1583O‘zbekistonda 2024 yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2203 nafar inson halok bo‘lgan va 8901 nafar inson tan jarohati olgan. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, senator Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.
"Ushbu yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga asosan fuqarolar tomonidan qonunchilikda belgilangan javobgarliklarni mensimaslik bo‘lsa, ikkinchidan, amaldagi yo‘l harakati qoidalarini bilmasligida ko‘rinmoqda. Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish bilan birga fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘ini asrab qolish esa har birimizning burchimizdir", deydi senator.
Uning aytishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar tahlili yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun amaldagi qonun hujjatlarida ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud emasligini va bu bilan jazo muqarrarligining yetishmasligi yo‘l-transport hodisalari ko‘payishining asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.