Qarshida qoidabuzarlikni aniqlaydigan kameradan norozi haydovchilar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Jamiyat

image
Toshkent viloyatida kamar taqmay, telefonda gaplashayotganlarni “ovlaydigan” radar o‘rnatildimi? north_east

Toshkent viloyatida kamar taqmay, telefonda gaplashayotganlarni “ovlaydigan” radar o‘rnatildimi?

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahrida kamar taqmaganlik uchun jarima solish boshlangani masalasida odamlar yig‘ilayotgani haqida video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 may kuni soat taxminan 14:00 lar atrofida Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasida joylashagan Transport kolleji ro‘parasida, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi haydovchilari tomonidan norozilik bildirilib, xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga amal qilmasdan sodir etgan qoidabuzarliklarini bekor qilishni so‘rab mas’ullarga murojaat bilan chiqishgan.

YHXXga ko‘ra, joriy yilning 14 may kuni Islom Karimov ko‘chasida “Lochin ko’z-Q” dasturi asosida kameralar o‘rnatilib ushbu kameralar orqali xavfsizlik kamari qoidabuzarliklarini aniqlash ishga tushirilganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi YHXX munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi

Baholaganlar

901

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing