Toshkent viloyatida kamar taqmay, telefonda gaplashayotganlarni “ovlaydigan” radar o‘rnatildimi?
Jamiyat
−
26 may 2022
11666Bugun, 26 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlikka chorlovchi fotosuratlar tarqaldi. Unda xavfsizlik kamarini taqmagan va telefondan foydalangan holda yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar foto va video tasvirga olish uskunalari tomonidan qayd etilayotgani aytilgan edi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Bobur To‘laganov holat yuzasidan QALAMPIR.UZ ga izoh berdi.
“Bu xabar hozircha to‘liq asossiz. Chunki,Toshkent viloyatining hududida, nafaqat tog‘ oldi balki, boshqa shahar, tumanlarida ham bironta haydovchiga aytilayotgan holatlar yuzasidan jarima belgilanib, qaror qabul qilinib yuborilmagan. Lekin, elektron tizim orqali yo‘l harakati qoidabuzarliklarni aniqlash rejada bor. Bu avval jamoatchilikka e’lon qilinadi. Undan keyin ishga tushirilishi mumkin. Lekin, bugunga qadar aniq Toshkent viloyatida bironta haydovchiga mana shu radarlar orqali xavfsizlik kamarini taqmaganligi, yoki telefondan foydalanayotgani uchun jarima tuzilmagan, qaror qabul qilinmagan.
Hozircha avtomatik radar orqali aniqlash bo‘yicha hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Men faqat Toshkent viloyati haqida gapiryapman. Boshqa viloyatlarning nomidan gapira olmayman. Lekin Toshkent viloyatida bugungi kunga qadar bironta radar orqali telefondan foydalanish yoki xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarga jarima tuzilmagan, qaror qabul qilib yuborilmagan.”, deydi To‘laganov.
LiveBarchasi