QALAMPIR.UZ asoschisi Qamariddin Shayxov “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun XIX xalqaro tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda QALAMPIR.UZ asoschisi Qamariddin Shayxov “Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Mukofotni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘tkir Rahmatov topshirdi. 

Ma’lumot uchun, Qamariddin Shayxov jurnalistik faoliyatini 2004 yilda “O‘zbekiston” radiosida “Kelajak tongi” bolalar eshittirishida boshladi. 

2009-2010 yillarda Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida;

2010-2015 yillarda “Darakchi” gazetasida muxbir bo‘lib faoliyat yuritdi. 

2015 yilda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomladi. Shu yilning o‘zida QALAMPIR.UZ loyihasiga asos soldi. 

Qamariddin Shayxov jurnalistik faoliyati davomida ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalar yuzasidan yuzlab maqolalar, yuzlab ko‘rsatuv va intervyular tayyorladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, olimlar, siyosatchilar bilan o‘tkazgan suhbatlari keng auditoriyada katta qiziqish uyg‘otgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan QALAMPIR.UZ internet nashri asoschisi Qamariddin Shayxov 2021 yilda “Shuhrat” medali va “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi. Shu bilan birga, o‘sha yilning sentyabr oyida unga TURKSOY Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan “TURKSOY xalqaro media mukofoti” topshirildi.

Jurnalist jamiyatda uchrab turadigan muammolar – korrupsiya, ishsizlik, jinoyatchilik, davlat mulkini talon-toroj qilish, shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik masalalarda o‘tkir chiqishlar qiladi. 

Ayniqsa, inson huquqlari, gender tengligi, ayollar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, bolalar va nogironlar masalalari Qamariddin Shayxovning jurnalistik faoliyatida alohida o‘rin tutadi.

QALAMPIR.UZ jamoasi Qamariddin Shayxovni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin qalam Qamariddin Shayxov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing