Qamalgan Atamboyev, arzonlashgan “O‘zbekiston”, qardrsizlanayotgan so‘m va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
09 avgust 2019 12101 3 daqiqa
9 avgust kuni yuz bergan eng muhim voqelarning qisqacha tafsiloti bilan tanishing.
Milliy bank kreditlar masalasini ko‘rib chiqmoqda

Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki qarz nisbati hisoblash usullarini o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda Bu haqda poytaxt hokimligida Milliy bankning moliyaviy tashkilotlarni metodologiya va tartibga solish departamenti direktori Dauren Salimbayev ma’lum qildi.
Atamboyev 18 kunlik hibsga olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kunining oxirida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Qirg‘izistondagi vaziyat muhokama qilindi.
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning Bishkek yaqinida hibsga olinishini izohladi va buni davlatning "ichki ishi" deb atadi.
Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev sud qarori bilan joriy yilning 26 avgustigacha hibsga olindi. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
Qirg‘izistonlik muxolif siyosatchi va amaldagi Prezident Sooronbay Jeenbekovning saylovdagi asosiy raqibi Omurbek Babanov mamlakatda Atamboyev atrofidagi mojarolar boshlangach, ikkinchi urinishda mamlakatiga qaytdi.
Hukumat tomonidan hibsga olingan Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
“O‘zbekiston” mehmonxonasini oladigan mard yo‘q! Narx pasaytirildi

Joriy yilning fevral oyida poytaxt Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu mehmonxona hamon sotilmagan.
Uning boshlang‘ich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan edi. Bugungacha sotilmagan mehmonxonaning narxi 10 foizga tushirildi. Ayni vaqtda narx 29,7 mln AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Toshkentda metro poyezdi birdan to‘xtab, tutay boshladi

Bugun, 9 avgust kuni Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” stansiyasi bo‘ylab harakatlanayotgan metro poyezdi birdan to‘xtab, undan tutun chiqa boshlagan. Voqea soat 08:55 larda sodir bo‘lgan.
Chegara yaqinidagi qurol omborida portlash yuz berdi (video)

Turkiyaning Suriya bilan chegara hududida joylashgan Hatay viloyati Reyhanli tumanidagi harbiy texnikalar saqlanuvchi omborda bir nechta portlash yuz berdi. Portlash natijasida omborning turli joylardi yong‘in boshlangan. Yaqin atrofda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan. Portlash to‘lqini o‘nlab binolarning oynalarini sindirib yuborgan, devorlar esa yorilgan.
Mudhish YTHda ayol va bola halok bo‘ldi

Kecha, 8 avgust kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani Yangiobod mahallasida yashagan 44 yoshli N.B. ismli ayol boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini Sherobod tumani Guliston mahallasi hududidan o‘tuvchi “Boysun-Sherobod” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning old o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay dastlab yo‘lni o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa, so‘ngra yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.
Qrimda Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi

Qrim yarimorolida ukrain bayrog‘i ko‘tarildi. Bu haqda Ukrainaning Xerson viloyati davlat ma’muriyati raisining maslahatchisi Bogdan Kovalev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayroq Sudak shahrida mahalliy ukrain vatanparvarlari tomonidan 6 avgust kuni Donbassda halok bo‘lgan askarlar hotirasi uchun ko‘tarilgan.
Dollar va yevro kursi rekordni yangiladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kutilmaganda xorijiy valyutalarning 10 avgustdan amalda bo‘ladigan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 8882,00 so‘mga teng bo‘lib, hafta boshidagiga nisbatan 177,13 so‘mga qimmatlashgan.
Usmonovga aloqador kompaniya qo‘ng‘iroqlarni tinglash ortidan mo‘maygina daromad oldi

Alisher Usmonov tuzilmasiga aloqador “Sitadel” xoldingi mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlarga foydalanuvchilarining ma’mulotlarini saqlash va Federal xavfsizlik xizmati hamda boshqa kuch tuzilmalariga berishni majburiy qilish to‘g‘risidagi qonunning yirik benefitsiariga aylandi.
Live
Barchasi