Iyul oyi uchun oylik yo‘l chiptalari puli qaytariladi – Transport vazirligi
Jamiyat
−
10 iyul 2020
4643O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bugun, 10 iyuldan avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Ma’lumki, ko‘pchilik jamoat transportlaridan, xususan avtobusdan oylik yo‘l chiptalari orqali foydalanadi. Joriy oy boshida ham ko‘plab fuqarolar iyul oyi uchun oylik yo‘l chiptalarini sotib olgan. Xo‘sh, bunda oylik yo‘l chiptasi puli qaytarib beriladimi yoki u kelasi oyda amal qiladimi? Ushbu savolga Transport vazirligi Matbuot kotibi Navruz Ashurmatov javob berdi.
“Toshkent shahridagi avtobuslarda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yo‘l chiptalari "Toshshahartrans" AJning oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi tomonidan joriy yilning 1 avgustidan 10 avgustigacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablag‘lari qaytariladi”, deydi Ashurmatov.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyati joriy yilning 22 martidan taqiqlanib, 8 iyundan qayta ruxsat berilgan edi.
LiveBarchasi