Jamoat transporti kunning “eng daromadli” paytida harakatlanishga odatlangan – Mirziyoyev
Jamiyat
−
31 yanvar 2023
11233Prezident Shavkat Mirziyoyev transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlanganini tanqid qildi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
“Qolgan vaqtda yo‘lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur”, deya ta’kidladi Prezident.
Davlat rahbari bu sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligini qayd etdi.
Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo‘nalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan Prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
LiveBarchasi